"Benfika" hujumchisi MYU short-listiga kirdi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022, 17:40
Portugaliya klubi hujumchisi Gonsalu Ramush "Manchester Yunayted"ning asosiy nishonlari ro'yxatida ekani ma'lum bo'ldi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum 12 ta o'yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliya U-21 terma jamoasi a'zosining o'yinlarini "Nyukasl" va "Bavariya" ham kuzatgan. 

"Qizil iblislar" Antoni Marsyal va Markus Reshfordning jarohatidan so'ng hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. 

Ma'lumotlarga ko'ra, "Benfika" yosh futbolchi uchun 30 mln evrodan kamiga ko'nmaydi. Uning tovon puli esa qariyb 120 mln evroni tashkil etadi. Uning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola