"Benfika" Braimni "Real"dan ijaraga olmoqchi. Muzokaralar boshlandi

Alisher Ostonov
3 avg 2025
Braim Dias "Benfika"ga o'tishi mumkin.

Portugaliya klubi Joau Feliksni o'z safiga qo'shib ololmagach, "Real" yarim himoyachisi variantiga o'tdi.

Lissabonliklar JCH-2026 oldidan muntazam o'yin amaliyotiga muhtoj bo'lgan Marokash terma jamoasi futbolchisini ijaraga olish bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.

Dias La Ligada o'tgan mavsum 31 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Record