Benatiya "Manchester Yunayted" emas, "Al Duhayl"ni tanlagani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
7 fev 2019
Yaqindagina "Yuventus"dan "Al Duhayl"ga o'tgan Mehdi Benatiya o'zining transferi borasida gapirdi.

Benatiyaning oldida "Manchester Yunayted"dan taklif bo'lsa-da, Qatar jamoasini tanlagan ekan.

"Doxaga kelganimdan keyin marokashlik jurnalistlarning tanqidlariga uchradim. Biroq ular mening qarorimni hurmat qilishlari kerak. Bu men va oilam uchun eng yaxshi variant edi.

Bolalarim Islom dini ob-havosida o'sishini istayman. BAA yoki Saudiya Arabistoni jamoasiga ham o'tishim mumkin edi, ammo "Al Duhayl"ni tanladim. Bu klubda marokashlik ko'plab futbolchilar o'ynaydi.

Erve Renar meni yaxshi biladi. Agarda u meni termaga loyiq deb bilmasa, uning qarorini hurmat qilaman", - dedi Benatiya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com