Ben-Yedder Fransiya chempionati to'purariga aylanib oldi

Mirjalol Normatov
9 fev 2020
Kecha "Monako" chempionat doirasida "Amen"ni mag'lubiyatga uchratdi.

2:1 hisobida yakunlangan o'yinning bitta golini monegasklar forvardi Vissam Ben-Yedder kiritdi. Bu uning ushbu mavsum chempionatdagi 16-goli bo'ldi. Shu orqali u to'purarlar ro'yxatida 15 gol urgan Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.

To'purarlar ro'yxatining 3-pog'onasida 13 gol bilan PSJ forvardi Neymar o'rin olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe