“Real Madrid” Bellingem ishi bo'yicha apellaciya beradi. Aslida Madrid yetakchisi nima degani uchun qizil olgandi?

Khoja
3 mar 2024
“Valensiya”ga qarshi uchrashuvning so'nggi soniyalarida goli bekor bo'lgan Bellingem uchrashuv hakami Xesus Xil Mansanoga keskin gaplarni aytgani uchun qizil oldi.

“Bu sharmandalik. To'p osmonda edi, qaysi kallang bilan o'yini to'xtatding. Ahmoqmisan? Nimalar qilmoqdasan?", - degan gaplari uchun Bellingem qizil olgan.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi bo'limning qo'shib berilgan vaqti 99-daqiqada “Real” yarim himoyachisi Bellingem Braxim Diasning uzatmasidan gol urdi, biroq bosh hakam gol bo'lgan vaziyatdan bir necha soniya avval o'yini tugatib yubordi va golni bekor qildi.

Shundan so'ng “Real Madrid” futbolchilari hakamni o'rab olishdi va bir qator “shirin” so'zlar bilan hakamga murojaat qilishdi. Hakam Bellingemning tajovuzkor harakatlari uchun qizil ko'rsatdi. “Real Madrid” Bellingem ishi bo'yicha apellaciya beradi

“Real Madrid” kechagi durang natijadan so'ng La Ligadagi ochkolar sonini 67 taga etkazib oldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com