Belgiya chempionatida darvozabon 90+6 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2020, 20:01
Belgiya chempionati 13-turida “Standart” o'z maydonida “Eypen”ni qabul qilib, jangavor durang o'ynadi.

O'yinning kulminacion nuqtasi asosiy bo'limga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda yuz berdi. 

90+6 daqiqada hisobda ortda borayotgan mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishga ega bo'lishdi, raqib maydoniga “Standart” kiperi Arno Bodar ham yetib keldi va qulay imkoniyatga ega bo'lishi bilan darvozaga zarba yo'llab, gol urdi. Shu tariqa, 22 yoshli darvozabon jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. U o'yin davomida 3 ta seyvni ham amalga oshirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia