Belerin - Gnabri haqida: "Uni "Vest Bromvich"da ham o'ynay olmaydi deyishgandi"

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 13:27
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin sobiq jamoadoshi Serj Gnabri "Bavariya"ning mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchisi bo'lgani borasida fikr bildirdi.

"Bir vaqtlar uni "Vest Bromvich"da ham o'ynay olmaydi deyishgandi.

Tabriklayman. Sen eng zo'ri bo'la olishingni bilardim", - dedi Belerin.

2016 yili Gnabri "Arsenal" futbolchisi bo'lib, "Vest Bromvich"da ijara asosida to'p surgan va atigi 1 o'yinda qatnashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal