Belarus Kubogi. “Shaxtyor” (Soligorsk) yirik g'alabaga erishdi, zaxiradan tushgan Yaxshiboev esa dublni rasmiylashtirdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2020, 22:00
Musobaqaning 1/16 bosqichi doirasida o'tgan uchrashuvda soligorskliklar yirik 4:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Jasurbek Yaxshiboev bahsni zaxiradan boshlagandi va 57-daqiqada maydonga tushdi. U o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Gomel - Shaxter (Soligorsk) - 1:4 (0:1)

Stadion "Centralniy"

Gollar: 0:1 - Arxipov (11), 0:2 - Bodul (55), 1:2 - Yudenkov (81), 1:3 - Yaxshiboev (90+1), 1:4 - Yaxshiboev (90+2).

Gomel: Kovalev – Kaplunov, Yudenkov, Bondarenko, Ivanov (Jestkin, 55), Batishhev, Zayac (Chikida, 81), Tereshhenko, Vaskov (Susha, 80), Gomza (Ceslyukevich, 71), Xotov (Teslyuk, 58).

Shaxter: Chesnovskiy – Burko (Begunov, 60), Bodul (Yaxshiboev, 57), Lukashevich, Balanovich (Bulichev, 67), Sotnikov, Lambulich, Szoke, Ivanovich (Podstrelov, 85), Arxipov, Kendish (Selyava, 82).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia