Belarus chempionati. Yaxshiboev "Vitebsk"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
25 may 2020
"Energetik-BGU"da Belarus chempionatining navbatdagi turi oldidan jiddiy yo'qotish bor.

Musobaqa to'purari Jasur Yaxshiboev keyingi tur doirasida "Vitebsk"ga qarshi o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi.

22 yoshli o'yinchi "Isloch"ga qarshi o'yinda chempionatdagi to'rtinchi sariq kartochkasini olgan edi.


Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" 10 turdan so'ng 21 ochko jamg'ardi. Yetakchi BATEdan 1 ochko kam to'plagan holda jadvalda ikkinchi o'ringa joylashgan.


AlisherMuallif
Manba: by.tribuna.com