Belarus chempionati. Umarov va Iminov qatnashgan bahsda “Eneregetik-BGU” durang o'ynadi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
26 sen 2020
Chempionatning 25-turidan o'rin olgan “Energetik-BGU” – “Isloch” uchrashuvida jamoalar murosa (1:1) yo'lini tanlashdi.

39 daqiqada mezbonlarning fransiyalik legioneri Jeremi Mavatu hisobni ochgan bo'lsa, 2-taym oxirlarida Momo Yansane mezbonlar darvozasiga to'p kiritdi.

“Energetik-BGU” safida Shohboz Umarov bahsni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada Vasiliy Sovpelga almashtirildi. Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Humoyunmirzo Iminov esa 2-bo'lim boshida yarim himoyachi Ayk Mosaxanyan o'rniga zaxiradan maydonga tushurildi.

Energetik-BGU – Isloch 1:1 (1:0, 0:1)

Gorodskoy stadion

Gollar: 1:0 – 39 Mavatu, 1:1 – 80 Yansane.

Energetik-BGU – Makavchik, Sokol, Svirepa, Mavatu, Miroshnikov (Shkurdyuk, 74), Bashilov, Nosko, Girs, Bakich, Umarov (Sovpel, 72), Musaxanyan (Iminov, 46).

Isloch – Xatkevich, Papush, Ribak, Yanushkevich (Borodin, 56), Karpovich, Stiven, Patockiy, Makas (Nivaldo, 68), Komarovskiy, Yusov, Yansane.

Ogohlantirishlar: Yusov (8), Mavatu (24), Bashilov (54), Ribak (60).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia