Belarus chempionati. Iminov debyut qilgan bahsda “Energetik-BGU” mag'lub bo'ldi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
19 sen 2020
Chempionatning 24-turidan o'rin olgan “Dinamo” (Brest) – “Energetik-BGU” bahsida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Minskliklar safida Shohboz Umarov bahsni to'liq o'tkazdi. “Paxtakor”dan ijara asosida “Energetik-BGU”ga o'tgan Humoyunmirzo Iminov esa 2-bo'lim boshida maydonga tushdi va yangi jamoasida debyut qildi.

Dinamo Brest – Energetik-BGU 2:1 (2:1, 0:0)

OSK Brestskiy

Gollar: 1:0 – 5 Savickiy, 1:1 – 16 Girs, 2:1 – 35 Savickiy.

Dinamo Brest – Ignatovich, Veretilo, Vitus, Kiki, Pavlovec, Tve (Krivec, 80), Bikov, Savickiy (Pechenin, 90), Kislyak, Gordeychuk (Sedko, 71), Laptev.

Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Sokol, Miroshnikov, Nosko, Girs, Umarov, Bashilov, Bakich (Muxamedov, 72), Sovpel (Iminov, 46), Musaxanyan (Skvira, 56).

Ogohlantirishlar: Bikov (21), Musaxanyan (52), Ignatovich (90).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia