Belarus chempionati. "Energetik-BGU" 90+5 daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi, Umarov esa musobaqadagi ilk golini urdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
31 may 2020, 19:55
Belarus Oliy Ligasining 11-turi doirasida “Energetik-BGU” o'z maydonida “Vitebsk”ni qabul qildi.

Gollarga boy o'tgan bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Bahsning 40-daqiqasida Shahboz Umarov raqib jarima maydoni yaqinidan darvozaga kuchli zarba berib, chempionatdagi birinchi golini urishga erishdi. Uchrashuv tugashiga bir necha soniya qolganida mehmonlarning braziliyalik legioneri Julio Sezar havodan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga boshi bilan joylab qo'ydi va bahs jangovar natija bilan yakunlandi.

Jasurbek Yaxshiboev esa o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuborgan.

Energetik-BGU – Vitebsk 3:3 (3:2, 0:1)

Gorodskoy stadion

Gollar: 0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – 90 Sezar.

Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchic, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, Shkurdyuk.

Vitebsk – Gushhenko, Chalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleesku, Santos (Ksenofontov, 80).

Ogohlantirishlar: Santos (9), Skitov (28), Nikoleesku (71), Mavatu (76).

Chetlatish: Yudchic (56).

TURNIR JADVALI



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia