Bekxem klubi "Manchester Siti" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
10 mar 2020
"Inter Mayami" o'z tarkibiga "Manchester Siti" sardori David Silvani taklif qilishga tayyor.

Barchaga ma'lumki, ushbu mavsum ispaniyalik futbolchining "shaharliklar" tarkibidagi oxirgisi bo'lib qoladi.

34 yoshli Silvaga shuningdek MLSning yana bir klubi ham qiziqmoqda. Ispaniyalik xavbek "Nyu-York Siti" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Silva joriy mavsum APLda 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk