Bekxem futbol sensaciyasini tayyorlayaptimi? "Inter Mayami" Ronaldu atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026
Amerikaning "Inter Mayami" klubi Krishtianu Ronalduning kelajagi bilan bog'liq vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib boryapti.

Manbaga ko'ra, "Inter Mayami" egalaridan biri Devid Bekxem nazorati ostida loyihani keyingi bosqichga olib chiqish bo'yicha strategik ishlar olib borilmoqda. Angliya terma jamoasining afsonaviy sobiq sardori hali ham ulkan ambiciyasidan voz kechgani yo'q - u bir klubda bir davrning ikki ulug' futbolchisini, yani Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni, ayniqsa faoliyatlarining yakuniy bosqichida, birlashtirishni orzu qilmoqda.

Lionel Messi 2023 yildan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025 yil oktyabrda argentinalik futbolchi klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi va professional faoliyatini AQSHda yakunlash niyatini yashirmayapti. Uning maqsadlari orasida sovrinlar uchun kurashish, jumladan Liga Kubogi va MLS muntazam chempionatida g'alaba qozonish imkoni bor.

Krishtianu Ronaldu esa 2023 yilning yanvaridan buyon Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida to'p tepmoqda. 2025 yil yozida portugaliyalik futbolchi klub bilan shartnomasini yana ikki mavsumga - 2027 yil 30 iyungacha uzaytirgan. Shunga qaramay, uning kelajagi dunyo bo'ylab yetakchi futbol loyihalarida hanuz qiziqish uyg'otmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS