KASHFIYOTCHI
Ajoyib to'purar Bebeto faqatgina o'z o'yinlari bilan tarixda iz qoldirmagan. 1994 yilgi Jahon chempionatida u gollandlarga qarshi o'yinda gol urib, qo'lida yosh bolani tebratayotganini aks ettirgan edi. Chunki o'sha o'yindan bir necha kun oldin Bebeto o'g'illi bo'lgandi. Golning bunday tarzda nishonlanishi yigirma yil oldin hech kimning xayoliga ham kelmagan, ammo hozir ko'plab futbolchilar buni odat qilib olishgan.
BRAZILIYALIK MATTEUS
Bebeto gol urgan paytda nishonlagan o'g'li keyinchalik futbolchi bo'ldi. Mashhur nemis yarim himoyachisi nomiga uning ismini Matteus deb atashdi. U hozirda 19 yoshda bo'lishiga qaramay, bundan ikki yil oldin “Flamengo” klubi tarkibida o'ynagandi. Mutaxassislar Braziliya terma jamoasida to'p tepayotgan kichik Bebetoning kelajagi porloq ekanini takidlashmoqda.
MASH'UM PENALTI
Bebetoning yulduzli onlari 90-yillar “Deportivo”da o'tdi. O'yinchi “Vasko da Gama”dan “Deportivo”ga o'tgan yili birinchi mavsumning o'zidayoq 29ta gol urishga erishgan. Keyingi yil esa “Valensiya”ga qarshi hal qiluvchi o'yinda “drama” ishtirokchisiga aylandi. “Depor” g'alaba qozongan taqdirda chempion bo'lishi kerak edi. Hisob teng bo'lgan bir paytda hakam “ko'rshapalaklar” darvozasi tomon penalti belgiladi. Jamoasida penaltilarni asosan Bebeto amalga oshirsada, o'sha kuni u raqib darvozasi tomon zarba berishni istamadi. To'pga Jukich yaqinlashdi va zarba berdi, ammo darvozabon to'pni qaytardi. Oxir-oqibat chempionlikni “Barselona” ilib ketdi...
BEBETO – RONALDOGA YORDAM BERDI
Bebeto Braziliya terma jamoasi safida 75 o'yin o'tkazdi va 39ta gol urdi. 1994 yilgi Jahon chempionatida u Romario bilan juftlikda raqib himoyasini parchalab tashladi va mamlakatiga to'rtinchi kubokni olib berdi. Oradan to'rt yil o'tgach esa u Fransiya maydonlarida Ronaldoga yordam berdi. Ushbu fenomen finaldan tashqari barcha o'yinlarda mo'jiza ko'rsatdi.
BEBETO – RONALDOGA QARSHI
O'yinchilik faoliyatini tugatgach murabbiy bo'la olmagan Bebeto, siyosatga o'tib ketdi. U eski o'rtog'i Romario kabi oppozicion qarashlarga ega emasdi. Bebeto Romario singari jahon chempionatining tashkilotchilarini tanqid qilmadi, balki bo'sh paytlarida futbol o'ynadi xolos. Keyinchalik uning yo'li yana Ronaldo bilan kesishdi. Bu galgi to'qnashuvda ular jamoadosh sifatida emas raqib sifatida maydonda o'ynashdi.
sport-express.ru saytidan Murodov Miraziz tarjimasi.