Bayindirning xatosidan keyin MYUning rejalari o'zgardi

Mirjalol Normatov
22 avg 2025
"Manchester Yunayted" o'tgan hafta boshida ham yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashni reja qilmagandi.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, klubdagilar bu borada hech qanday ishlar olib borishmagan. Faqatgina darvozabonlardan biri klubdan ketadigan bo'lsa, o'rni boshqa bilan to'ldirilishi mumkin bo'lgan.

Biroq APLning 1-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin barchasiga tub burilish yasab yubordi. Jamoa o'tkazib yuborgan yagona gol Altay Bayindirning xatosidan keyin bo'ldi.

Shu sababli klub Senne Lammensni 20 million evroga sotib olmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic