Bayindir - MYU tarkibida APLning ikki turida yaqqol golli vaziyat yaratgan yagona futbolchi

Alisher Ostonov
25 avg 2025
"Manchester Yunayted"da faqat bir futbolchi APLda golli vaziyat yaratdi - darvozabon.

Bugun Ruben Amorim jamoasi "Fulxem" bilan durang o'ynadi - 1:1. Jamoa chempionatning 1-turida "Arsenal"ga yutqazdi.

Yangi mavsumdagi dastlabki ikki o'yinda faqatgina Altay Bayindir yaqqol golli vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi. "Fulxem" bilan o'yinning birinchi bo'limida darvozabon o'z jarima maydonchasidan raqib jarima maydoniga to'pni uzoqlashtirdi, shundan so'ng Mateus Kunya burchakka zarba berdi - Bernd Leno esa to'pni qaytardi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Squawka