"Bayer" sport direktori klub Patrik Shikni sotmoqchi emasligini aytdi

Alisher
7 may 2022
"Bayer" sport direktori Simon Rolfes klub hujumchi Patrik Shikni yaqin vaqtlarda sotmasligini aytdi.

"Bizga Patrik borasida murojaat qilish kerak emas. Bunday saviyadagi forvardga katta e'tibor qaratilishi normal holat, ammo u kelasi mavsum bizda o'ynaydi, bu aniq. Biz jamoamizni kuchliroq qilmoqchimiz, Patrik esa muhim futbolchi va bizning rejalarimizga kiradi", - deydi Rolfes.

Shik 2021/22 yilgi mavsum "Bayer" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Bild