“Bayer“ “Liverpul“ning taklifini qabul qildi. Ingliz jamoasi Virc uchun qancha to'lashi ma'lum

Khoja
31 may 2025
“Liverpul“ “Bayer“ning yana bir futbolchisini sotib olishga yaqin.

 Inglizlar jamoa yetakchisi Florian Vircni 130 million evroga sotib oladi. Futbolchining o'zi bilan esa 5 yillik shartnoma tuziladi va APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.

Virc joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 140 mln evroni tashkil etadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com