Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati o'yinida ishladi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2017
O'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Bagam orollarida davom etayotgan plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati o'yinida ishladi.

Baxtiyor Namozov Braziliya va Taiti o'rtasidagi o'yinda vaqt nazoratchisi vazifasini bajardi. Mazkur o'yinda braziliyaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi.

Plyaj futbolida vaqt nazoratchisi o'yin boshlanishi, o'yindagi to'xtalishlar, jarima zarbalari vaqtida vaqtni nazorat qilib turadi.

Ma'lumot uchun, plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Musobaqa 7 may kuniga qadar davom etadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com