Andijon futboli haqida gap ketganida, ko'pincha ushbu goleador esga olinishini juda yaxshi bilamiz. Boisi “Andijon” tarkibida yorqin o'yin namoyish etgan Hamidullaev futbolchilik davrida aynan ushbu jamoa safida oltin davlarlarni boshdan o'tkazgan.
Shu bois uning ham bu jamoaga mehri o'zgacha deyish mumkin.
Butsalarini mixga ilishga qaror qilgan sobiq futbolchi, xurmati borida “maydonni” tark etdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
To'g'ri, Hamidullaev bugungi kunda ham oliy liganing ayrim jamoalarida bemalol o'ynab keta oladi. Lekin u o'z kuchiga to'g'ri baho bergan xolda, to'p tepishni bas qildi.
Yaqinda Hamidullaev hamkorimiz “Futbol Ekspress” gazetasiga intervyu berdi. Unda sobiq hujumchi ayni paytda tadbirkorlik bilan shug'ullanayotganini, lekin yaqin orada futbol sohasiga qaytishini, faqat bu safar murabbiylikda o'zini sinab ko'rishini aytib o'tgan.
Buning uchun Baxtiyor avvalo birinchi o'rinda murabbiylik licenziyasi uchun o'quv qurslarida tahsil olishi kerakligini a'lohida ta'kidlab o'tgan.
Ajab emas, sobiq hujumchini yaqin orada birorta klubning murabbiylar shtabida uchratsak.