Baxtiyor Boboev: Shodiev, Akbarov va Po'latov Bunyodkor bilan shartnoma tuzishdi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2013, 11:42
Toshkentning Bunyodkor klubi uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
Bu haqda klub vice-prezidenti - bosh direktori Baxtiyor Boboev aytib o'tdi.

- Futbolchilar yig'ilib tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Dastlabki yig'in Yangi yil bayramiga qadar davom etadi.
 

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Asosiy tarkib bilan bir nechta yangi futbolchilar ham shug'ullanishmoqda. Voxid Shodiev (Buxoro), Boburjon Akbarov (Guliston), Shukurali Pulatov (Neftchi) FK Bunyodkor bilan shartnoma imzolab bo'ldilar. Yana bir qator futbolchilar bosh murabbiy Mirajlol Qosimov boshchiligidagi murabbiylarda iliq taassurot qoldira olishsa ular bilan ham shartnoma tuzamiz.

- Bunyodkor xorijiy yig'inlar vaqtida qaysi klublarga qarshi nazorat o'yinlarini o'tkazishi ma'lummi?
- Yanvar oyida BAAda o'quv-mashg'ulot yig'ini rejada bor. Jamoa 18 yanvardan 1 fevralga qadar Dubayda bo'ladi. 2008 yildan buyon besh yulduzli Jebel Ali majmusiga boramiz. Amirliklardagi yig'in vaqtida Rossiya va Ukrainaning kuchli klublariga qarshi o'ynaymiz. Moskvaning Dinamo klubi biz bilan 25 yanvar kuni o'ynashga tayyorligini tasdiqladi. 22 yanvar kuni Ukraina chempioni hisoblangan Shaxter bilan o'yin rejalashtirilgan. 31 yanvar kuni esa Moskvaning Spartak klubi bilan o'ynamoqchimiz. Bu ikki klub o'yinlarni tasdiqlashlari kerak.

- 25 fevral kuni klub OFK chempionlar ligasida dastlabki o'yinni o'tkazadi. Fevral oyidagi yig'inlar qayerda va qachon bo'lib o'tadi?
-  4-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahriga boramiz. U yerda ham ananaga sodiq qolgan holda Blue Waters majmusida yashaymiz. Murabbiylar shtabi bu davr oralig'ida 6ta nazorat o'yinini o'tkazishmoqchi. Raqiblar haqida aniq ma'lumotlar keyinroq ma'lum bo'ladi. Toshkentga qaytgan jamoa bir necha kundan so'ng Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Aynan u yerda mavsumning dastlabki rasmiy o'yini bo'lib o'tadi.

Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com