Baxtiyor Ashurmatov: "Qizilqum"ga Agamurodov kelgach, jamoa tartibli o'ynay boshladi"

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2020
Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - "Qizilqum" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi o'yin juda asabiy va qiyin o'tdi. Murabbiy sifatida birinchi bo'limdagi o'yinimizdan butunlay qoniqmadim, chunki o'yin uchun qilingan rejalarimiz amalga oshmadi.

“Qizilqum” jamoasiga hurmatli Tachmurod Shamakovich Agamuradov kelganidan keyin jamoada o'zgarishlar bo'lgan, klub tartibli o'ynay boshlagan. Bugun "Qizilqum" birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

4:0 hisobi bizning katta ustunligimiz evaziga emas, “Qizilqum”ning bo'shliqlaridan unumli foydalanganimiz evaziga bo'ldi deb o'layman.

O'yinda tub burilish yasay olganliklari uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.

Muxlislarimiz ham futbolni sog'inishgan, afsuski, o'yinlar muxlislarsiz o'tmoqda. Muxlislarimiz tezroq stadionga qaytishlarini kutib qolamiz va bugungi g'alabamizni ularga bag'ishlaymiz.

Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi va o'zgarishlar o'zini oqladi.

Keyingi o'yinlarda ustozim Tachmurod Shamakovich va “Qizilqum”ga omad tilayman", - deydi Ashurmatov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia