“Bavariya”ning yangi futbolchisi klub bazasiga eski avtomobilda kelib, Audi RS6 Avant’da chiqib ketdi

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2020
Myunxen klubi a'zolari tatilga chiqishdan oldin koronavirusga test topshirish uchun Zebener Shtrasseda yig'ilishdi.

“Bavariya”ning ko'plab a'zolari belgilangan joyga klubning rasmiy homiysi – Audi kompaniyasiga tegishli mashinalarda kelishgan bo'lsa, jamoaning yangi o'yinchisi Aleksandr Nyubel 11 ming evro turuvchi Volkswagen Polo’da kirib keldi.

Keyin esa rahbariyat tomonidan darvozabonga 116 ming evroga baholanuvchi Audi RS6 Avant sovg'a qilindi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli kiper "Shalke"dan “Bavariya”ga tekinga o'tgan bo'lib, u bilan kelishuv 2025 yilga qadar tuzilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild