Rasman. "Al Nassr" yana bir yulduzni o'z safiga qo'shib oldi

Khoja
16 avg 2025, 07:30
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman rasman "Al Nassr" futbolchisiga aylandi.

29 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. "Bavariya" ushbu transfyerdan 30 million evro ishlab oldi. 

Koman futbolchilik faoliyati davomida "Bavariya"dan tashqari SJ va "Yuventus" safida faoliyat olib borgan. Hujumkor yarim himoyachi faoliyati davomdida jami 371 ta uchrashuvda maydonga tushib, 74 ta gol urgan va yana 73 ta golga assist bo'lgan.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif