

Bu safar Benfika ustozi Rojer Shmidt nemis jamoasining taklifini qabul qilmadi. Bild jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, myunxenliklar Tomas Tuxelni qoldirishga ko'ndira olmaganidan so'ng Rojer Shmidtga murojaat qilgan. Biroq 57 yoshli mutaxassis Germaniyaga qaytish niyati yo'q ekanligini ma'lum qilgan.
Avvalroq, Rojerdan tashqari Yulian Nagelsmann, Xabi Alonso, Ralf Rangnik, Oliver Glasner kabi murabbiylar Bavariyaning taklifiga rozi bo'lmagandi.



