"Bavariya"ga o'tishi aniq bo'lgan Sane jarohat oldi

4 avg 2019, 21:55
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane Angliya Superkubogi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

Natijada, u o'yinning 13-daqiqasida almashtirildi. Leroyning o'rniga Gabriel Jezus maydonga tushdi. 

Avvalroq ma'lumot berilganidek, Sane myunxenning "Bavariya" klubiga o'tishga yaqin turibdi.  "Manchester Siti" germaniyalik futbolchi uchun 160 mln evro atfrofidadagi summani talab qilmoqda. 



Manba: championat.asia