"Bavariya"ga o'tish uchun mast bo'lgan futbolchi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2019, 15:15
20 yoshli fransiyalik Mikael Kyuizans 2017 yildan beri Germaniyada.

O'shanda Gladbaxning "Borussiya" klubi uni "Nansi"dan sotib oldi va tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylantirdi - Kyuizans 2017/18 mavsumda avvalgisidan ko'proq uchrashuv o'tkazdi.

U Diter Xekin bilan til topisha olmadi va Kyuizans mavsumning bor-yo'g'i bitta uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi, qolgan bahslarda zaxiradan maydonga tushdi yoki o'rindiqda qolib ketdi. U ishtirok etgan bahslar soni 24ta bo'ldi.

Qishki transfer oldidan unga PSJ qiziqayotgani haqida ma'lumot tarqaldi, ammo Kyuizans kyetmadi. Bahorda u ikki oy zaxirada qolib ketdi. Yozga yaqin "Bavariya" paydo bo'ldi.


Yozda Gladbax klubining murabbiyi o'zgardi - Marko Roze bosh murabbiy sifatida e'lon qilindi, ammo unda ham Kyuizans bilan muammolar paydo bo'ldi, mutaxassis yigitchaga etarlicha o'yin amaliyotini kafolatlay olmadi. Fransiyalik xafa bo'ldi va mashg'ulotlarda ochiqchasiga norozi ekanligini namoyish etdi. Ma'lumotlarga ko'ra, u mashg'ulotlarda bog'ichi boylanmagan butsalarda to'p tepgan, jamoadoshlari bilan qo'l berib ko'rishishni istamagan.


"Zandxauzen"ga qarshi kubok o'yinidan oldin katta mojaro keltirib chiqardi. Kyuizans uni asosiy tarkibga kiritishlarini bilib, barga yo'l oldi va mast xolda qaytdi.

U o'z maqsadiga erishdi: Mikaelni jazolashdi va qaydnomaga kiritishmadi. Natijada Kyuizans bir haftadan so'ng "Bavariya"ga o'tdi. "Borussiya" bu transfyerdan 10-12 mln. evro ishlab oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru