"Bavariya"ga o'tgan Kim Min Chjening guruch qaynatgichini o'g'irlab ketishdi. Agent unga yangisini sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2023
Kim Min Chje "Bavariya"ga ko'chib o'tayotgan paytda uning guruch qaynatgichini o'g'irlab ketishgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi "Napoli"dan "Bavariya"ga o'tayotganida, yuklarini boshqa mamlakatga yuborayotganida guruch qaynatgich yo'qolib qolgan. Taxminlarga ko'ra, uy oldidan o'tib ketayotganlarning biri yo'l chetida qoldirilgan buyumlardan birini o'zi bilan olib ketgan.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining agenti Janubiy Koreyaga borib, yangi guruch qaynatgich sotib olib, himoyachiga sovg'a qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild