"Bavariya"ga Lyusen Agume kerak

"Inter"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Lyusen Agume faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi kutilmoqda, deya xabar tarqatdi "Sport Bild".

Agume joriy mavsumni ijara asosida "Speciya" klubi safida o'tkazmoqda. Uning "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Fransiyalik futbolchi "Inter" tarkibiga 2019 yilda "Sosho"dan kelib qo'shilgan edi.


Manba: Sport Bild