"Bavariya"ga ikkita gol urgan futbolchi: "Ajoyib kecha"

Narzulla Saydullayev
10 sen 2017
"Xoffenxaym" hujumchisi Mark Ut "Bavariya"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zimiz sodir etgan vaziyatlardan foydalandik. Birinchi gol urilgan vaqtda Andre Kramarich to'pni autdan tezroq tashlashga tayyorligini sezdim. To'pni qabul qilib zarba berdim, barchasi super bo'ldi. Bu biz uchun ajoyib kecha bo'ldi", - deydi Ut "Bavariya" rasmiy saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbayern.de