"Bavariya" Zyulening jarohati borasida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019
"Bavariya" himoyachisi Niklas Zyulening "Augsburg"ga qarshi o'yindagi jarohati borasida ma'lumot berildi.

24 yoshli futbolchiga chap tizzasi bog'lovchi suyuklari sinishi tashxisi qo'yilgan. Odatda bunday jarohatlangan futbolchilar uzoq muddat safga qaytishmaydi.

Yakshanba kuni futbolchi jarrohlik stoliga yotqiziladi. Hozircha "Bavariya" uning qachon qaytishini aytganicha yo'q. Zyule ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 8 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/bayernfc