"Bavariya" yozda Kalvin Fillipsni sotib olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024, 15:54
Buning uchun Myunxenni bir futbolchi tark etishi zarur.

"The Sun"ning xabariga ko'ra, agarda Yozua Kimmix yozgi transferlar oynasi vaqtida "Bavariya"ni tark etishga qaror qilsa, myunxenliklar bor e'tiborini Fillipsga qaratadi.

28 yoshli yarim himoyachining "Manchester Siti"dan kyetish ehtimoli o'ta yuqori baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Fillips mavsum oxirigacha "Vest Xem"da ijara huquqi asosida to'p tepmoqda va APLning 11 o'yinida maydonga tushdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun