“Bavariya” yarimhimoyachisi og'ir jarohatdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019
“Bavariya” futbolchisi Korenten Tolisso uzoq muddatli davolanishdan so'ng yana jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.

Xavbek o'tgan yilning sentyabrda oyoq suyaklaridan olgan jarohati sabab lazaretdan joy olgandi. 

Myunxenliklarning matbuot xizmati bergan ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli Tolisso aprel oyida maydonga qaytadi. Fransiyalik yarimhimoyachi joriy mavsum klub libosida bor yo'g'i 2ta uchrashuvda harakat qilib, bir bora gol urishga muvaffaq bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc bayern munich