"Bavariya" yarim himoyachi Tolisso faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin

Alisher
24 dek 2021
"Barselona" "Bavariya" xavbeki Koranten Tolissoga qiziqmoqda.

Kataloniya klubi 27 yoshli fransiyalik futbolchini 2022 yilning yozida erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchining o'zi ham shartnomasi iyuldan yakuniga etganidan so'ng "Bavariya"dan ketmoqchi.

Tolisso 2021/22 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta go lva 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional