"Bavariya" va PSJ "Chelsi" futbolchisi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
28 may 2020
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Bavariya" va PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, Jorjinoning agenti Yevropaning ikki top-klubidan qiziqish bo'layotganini, ammmo ularning nomlarini aytmasligi haqida xabar qilgan edi.

Jorjino joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 4ta gol va 2ta assist bor.

Italiyalik futbolchi A Seriyaga qaytishi ham mumkin, Mauricio Sarri uni "Yuventus"ga olib kelmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira