“Bavariya” va Germaniya termasining sobiq a'zosi 32 yoshida butsalarini mixga ildi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2020, 19:18
“Tyanczin Teda” forvardi Sandro Vagner futbol bilan xayrlashishini e'lon qildi.

“Futbol menga ajoyib hayot berganidan juda minnatdorman. Men barcha maqsadlarim va orzu qilgan narsalarimga erishdim”, deb aytgan 32 yoshli germaniyalik.

Eslatib o'tamiz, Vagner 2 yil oldin “Bavariya” va Germaniya terma jamoasida o'ynagan edi. 2018 yildan boshlab o'z faoliyatini Osiyo klubida davom ettirib kelayotgandi.

U 2017 yil Germaniya TJ bilan Konfederatsiyalar Kubogida zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild