"Bavariya" va Devis 4 yillik yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin

Alisher
18 yanv 2025
"Bavariya" va Alfonso Devis tez orada yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Myunxen klubi 24 yoshli himoyachi bilan yangi bitim borasida kelishuvga yaqin.

Devisning amaldagi kelishuvi shu yozda yakuniga etadi. Ammo, tomonlar uni uzaytirishga yaqin, hal qilinishi kerak bo'lgan kam ishlar qoldi.

Shartnomaning to'rt yilga mo'ljallanishi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic