"Bavariya" Tuxel o'rniga zo'r murabbiy topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2024
"Bavariya" mavsum yakuniga qadar bosh murabbiyni o'zgartirish niyatida emas.

Jurnalist Kerri Xau ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" Tomas Tuxel qo'l ostida mavsumni yakunlashni reja qilgan.

Tuxelning ommaviy noroziliklariga qaramasdan klub uning professional sifatlariga ishonch bildirmoqda. Undan tashqari, murabbiyning klub sport direktori Kristof Froynd bilan munosabatlari a'lo darajada.

Qayd etilishicha, "Bavariya"ning ayrim futbolchilari murabbiyning qarashlaridan mamnun bo'lmayapti.

Shu sababli klub mavsum yakunlanganidan keyin Xabi Alonsoni jamoaga bosh murabbiy qilib olib kelish variantini ko'rib chiqyapti. Lekin mavsum yakunigacha bosh murabbiyni o'zgartirish ishlari bo'lmaydi.

18 turdan keyin "Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Myunxenliklar peshqadam "Bayer"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern&Germany