

Kecha Myunxen klubi Bundesliganing 28-turida "Xaydenxaym"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Yangi murabbiy izlash ishlariga tupirganman. Hozir bor e'tiborim seshanba kuni "Arsenal"ga qarshi kechadigan o'yinga qaratilgan.
Seshanbada Londonga uchamiz va "Xaydenxaym"dan o'yin nuqtayi nazaridan darajasi yuqoriroq bo'lgan jamoa bilan maydonga tushamiz. Vaziyatni o'nglash kerak" - deydi "Bavariya" sport direktori Maks Eberl.



