"Bavariya" sobiq prezidenti vafot etdi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2025
"Bavariya" sobiq prezidenti Fric Sherer Myunxenda 86 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Uning o'limi sabablari ochiqlanmagan.

Sherer klubda 30 yildan ortiq yuqori lavozimlarda – g'aznachi (1979–1985), prezident (1985–1994) va vice-prezident (1994–2012) bo'lib ishlagan. 

"Bavariya" uning davrida 1987 yil o'zining 10-chempionlik sovrinini qo'lga kiritgan va bu borada rekordchiga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com