"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi "Borussiya Dortmund"ga tayinlanishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
12 mar 2024
Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann "Borussiya"ni boshqarishi mumkin.

Edin Terzich borasida rahbariyat bir qarorga kelmagan, ammo yaqin orada unga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. Bu qarorga YCHL 1/8 finali doirasidagi "PSV"ga qarshi bellashuv natijasi ham ta’sir ko'rsatadi. 

"Borussiya" bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke shaxsan o'zi jamoaga Nagelsmannni olib kelishni istamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bvbbuzz.com