"Bavariya" "Real" yarim himoyachisiga qiziqib qoldi

Alisher
26 fev 2025
"Bavariya" "Real"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Myunxenliklar turkiyalik futbolchini katta ehtimol bilan "Bayer"da qoladigan Florian Vircga muqobil variant sifatida ko'rishmoqda. "Qaymoqranglilar" o'z futbolchisini 50 mln evroga yaqin pulga sotishga rozi bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

Gyulerning madridliklar bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Turkiyalik yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya grandi safida barcha musobaqalarda 27ta o'yin o'tkazib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fichajes.com