

"Superliga ishga tushmadi, chunki ko'pchilik loyihaga salbiy qaragan edi. Bundan tashqari, uchta top-klub - PSJ, "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund loyihaga qo'shilmadi. Bu klublarsiz Superligani super deb bo'lmasdi", – deydi Rummenigge.
Eslatib o'tamiz, Superliga 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi tashkil qilingan edi, ammo futbolchilar, murabbiylar, UEFA, FIFA va shuningdek, siyosatchilarning tanqidlari tufayli loyiha atigi ikki kundan so'ng to'xtatildi. "Real" va "Barselona"dan tashqari deyarli barcha klublar loyihadan chiqib ketishdi.



