"Bavariya" prezidenti: "Biz YCHLda chorak finalga chiqamiz"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2024
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner klubi YCHL 1/8 finalida "Lacio" to'sig'idan o'ta olishiga ishonadi.

Eslatib o'tamiz, Rimda o'tgan dastlabki bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Agar mavsum sovrinsiz tugasa klubga nima bo'ladi? Bu bizni tashvishga solmayapti. Bizda hamon YCHLda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. "Lacio" to'sig'idan o'ta olamiz. Javob bahsida vaziyatni o'zgartiramiz va chorak finalga chiqamiz. Muxlislarimiz bilan, to'lib-toshgan "Alyanc-Arena"da bunga erisha olamiz. Bundesligada 13 ta o'yin bor. Biz taslim bo'lmaymiz. "Bavariya" doim o'ziga ishonadi, oxirgi daqiqaga qadar", - deydi Xayner Bayern & Germany nashriga.

Ayni paytda "Bavariya" Bundesligada 50 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Bayer" hisobida 55 ochko bor.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Bayern&Germany