"Bavariya" o'yinchisi Renatu Sanshesh Fransiya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
22 avg 2019
"Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Fransiyaning "Lill" klubi o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, Sansheshning o'zi ham o'yin amaliyotining kamligi bois nemis klubidan ketmoqchi.

Sanshesh "Bavariya"ga "Benfika"dan Evro-2016dagi g'alabadan so'ng o'tgan edi.

Futbolchi o'sha yili yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Golden Boy" sovrinini ham qo'lga kiritgan.

Sanshesh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Bild