"Bavariya" Nyubel bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
28 yanv 2022
"Bavariya" Manuel Noyerning o'rinbosari bo'lgan darvozabon Aleksandr Nyubel bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.

Bundesliga chempioni sport direktori Xasan Salixamijich 25 yoshli o'yinchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, ammo darvozabonning o'zi "Bavariya" zaxirasida o'tirishni xohlamayapti.

Agar Noyerga yangi uzoq muddatli bitim taklif qilinsa, Nyubel shartnomani uzaytirmaydi.

Aleksandr 2021/22 yilgi mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazmoqda. Posbon Liga 1 doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 28ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: Bayern & Germany