"Bavariya" muxlislari Tuxel qolishini istashadi

Omonjon To`xtamirzayev
26 apr 2024
"Bavariya" muxlislari Tomas Tuxel klubdagi ishini davom ettirishini xohlashmoqda.

Myunxen klubi muxlislari peticiyasi "Biz Rangnik kelishini emas, Tuxel qolishini istaymiz" deb nom olgan. Ma'lum bo'lishicha, faollar 10 000 dan ortiq ovoz to'plashga ulgurishgan.

"Bavariya" muxlislari Tuxel boshqa istalgan nomzoddan ko'ra yangi mavsumda klub uchun yaxshiroq murabbiy bo'ladi deb hisoblashmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com