"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
20 iyun 2022
"Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Myunxen klubi 25 yoshli avstriyalik uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Germaniya klubi o'yinchiga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Laymer o'tgan mavsum "Leyptsig" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 28 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira