"Bavariya" Levandovski borasidagi poziciyasini o'zgartirdi va futbolchini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022
Myunxenliklar u uchun 60 million evro talab qilishmoqda.

Germaniyaning "Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, myunxenliklar polshalik hujumchini sotishga tayyor.

"Bavariya" 33 yoshli futbolchining transferidan taxminan 60 million evro ishlab olmoqchi.

Levandovskiga asosiy davogar – "Barselona". Kataloniya klubining so'nggi taklifi kafolatlangan 35 million evro va bonuslar sifatida qo'shimcha 5 million edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland